Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"Yakun yaqinligi — fakt": Ronaldu faoliyatini tugatish va asosiy maqsadi haqida gapirdi

"Yakun yaqinligi — fakt": Ronaldu faoliyatini tugatish va asosiy maqsadi haqida gapirdi

"An-Nasr"ning afsonaviy hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining faoliyati yakuni yaqinlashayotganini tan oldi. Shu bilan birga, u maydondagi har bir lahzadan zavqlanishda davom etish istagida ekanini ta’kidladi.

"Men nafaqat hozirgi avlod, balki avvalgi va keyingi avlodlar uchun ham o‘ynashda davom etyapman. Kundan-kunga, o‘yindan-o‘yinga va yildan-yilga, hatto faoliyatim yakuni yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, futboldan zavq olyapman. Bu — fakt.

Mening faoliyatim ajoyib kechdi va buni shu ruhda davom ettirishni istayman. Men hali ham futboldan huzur olyapman, gollar uryapman... lekin eng muhimi — g‘alaba qozonish. Biz haqiqatan ham ligada chempion bo‘lishni istaymiz", — dedi portugaliyalik yulduz.

Kiritildi: Bugun 18:42. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!