Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Yakkasaroy tumanida Malibu 2 piyodani urib yubordi

A A A
Yakkasaroy tumanida Malibu 2 piyodani urib yubordi

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi haqida ma’lumot

‼️Joriy yilning 08 avgust kuni soat 23.50 larda Yakkasaroy tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasi 1-uy qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan SH.G‘. davlat raqami belgisi 01 D 073 VB bo‘lgan Malibu 2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda 1949 yilda tug‘ilgan M.Ni urib yuborgan.

⚡️YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

🇺🇿Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 01:28 09.08.2023. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!