Isroil prezidenti Qozog‘istonga keladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun Isroil Prezidenti Isxak Gersog bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Nur.kz Akordaga asoslanib.
Isroil tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Isxak Gersog Qosim-Jo‘mart To‘qayevni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan qutlagan.
"Davlat rahbarlari Qozog‘iston va Isroil o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilib, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni bundan keyin ham yuqori darajada saqlab qolishga tayyorliklarini tasdiqlashdi", deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, Isroil prezidentining bir yil ichida Qozog‘istonga tashrif buyurishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Isroil Knessetining (qonun chiqaruvchi organ) rasmiy veb-saytida aytilishicha, Isxak Gersog 2021 yilda Isroil prezidenti etib saylangan. Bundan oldin u bir necha yil davomida "Soxnut" yahudiy agentligiga rahbarlik qilgan.
Isroilda Prezident asosan vakillik va marosim vazifalarini bajaradi. Isroilning haqiqiy hokimiyat vakolatlari Isroil hukumatiga tegishli.