Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xyuston polisiyasi boshlig‘i Trampga «og‘zini yumish»ni maslahat qildi

Xyuston polisiyasi boshlig‘i Trampga «og‘zini yumish»ni maslahat qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 1 iyunda barcha shtatlar gubernatorlari bilan telefon orqali suhbatda ulardan mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlarida “ustunlik qilishni” talab qildi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

“Agar siz ustun bo‘lmasangiz, unda behuda vaqt ketmoqdasiz”, deb aytgan Tramp. 

Xyuston polisiyasi boshlig‘i Art Asevedo CNN telekanaliga intervyuda Trampga ushbu so‘zlari uchun “og‘zini yumish”ni tavsiya qildi. Bu haqda TheQuint portali xabar berdi

“Menga AQSh prezidentiga barcha polisiya boshliqlari nomidan buni aytishga ijozat bering: iltimos, agar biror jo‘yali rejangiz bo‘lmasa, yaxshisi og‘zingizni yuming”, deb aytgan polisiya boshlig‘i.

“Gap ustunlik qilishda emas, qalblar va onglarni egallashda”, deb qo‘shimcha qilgan Asevedo.

U, shuningdek, Trampdan yoshlarning hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikni iltimos qilgan. 

AQShda afroamerikalik Jorj Fldoyning o‘limidan keyin boshlangan noroziliklar kuchaygach, bir necha polisiyachilar Floydning o‘ldirilishini qoralab, namoyishchilarga qo‘shilgan. Shuningdek, ko‘plab gubernatorlar Trampning “ustunlik qilishga” chaqirig‘ini rad etishgan.  

Bu orada Tramp namoyishchilarni ularga qarshi harbiy kuch qo‘llanishidan ogohlantirgan. 

Kiritildi: 23:43 02.06.2020. O'qildi: 5352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!