Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xurmoning siz bilmagan foydasi

Xurmoning siz bilmagan foydasi

Turli mamlakatlarda xurmoni turlicha nom bilan atashadi. Xususan, «xitoy shaftolisi», «yovvoyi xurmo», «oltinrang quyosh» shular jumlasidandir. Hozirda ushbu mevaning besh yuzdan ortiq navi aniqlangan bo‘lib, aksariyati tropik o‘lkalarda o‘sadi.

Shifokorlar kuz va qish mavsumida xurmo iste’mol qilish inson organizmi uchun foydali ekanini ta’kidlashadi. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sino qoni kamayib, zaiflashib qolganlarga xurmo iste’mol qilishni tavsiya qilgan.

Xurmo mevasining tarkibida pektin moddasi, vitamin, mineral va antioksidantlar bor. Shu bois u hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar, kuzgi avitaminoz xastaligiga hamda qarish jarayoniga qarshi vosita sanaladi. Uning yallig‘lanish va zararli bakteriyalarga qarshi kuchli ta’sir qilish hamda peshob haydovchi xususiyati sababli, organizmdan ortiqcha suv va tuz chiqib ketar ekan.

Bundan tashqari, meva tarkibi S, R vitaminlar, fruktoza, glyukoza, magniy va kaliy moddalariga boy. U yurak xastaligidan aziyat chekuvchi, milklar qonashi, varikoz kasalligi bor bo‘lgan kishilar uchun nihoyatda foydali. Shuningdek, shamollash va yo‘talda samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatma!

Xurmo tarkibida ko‘p miqdorda shakar moddasi mavjudligi bois, qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan kishilar uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lgani yaxshi.

 

Kiritildi: 07:50 06.10.2019. O'qildi: 4294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!