Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Xulian Alvares qaysi klubga o‘tishni istayotgani ma’lum

Xulian Alvares qaysi klubga o‘tishni istayotgani ma’lum

"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. U karyerasini davom ettirish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega.

"Chelsea Chronicle" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga "Chelsi", PSJ va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Alvares uchun eng ma’qul variant bu Kataloniya klubi. Futbolchining chempionatga moslashish zarurati yo‘qligi uni o‘ziga jalb qilmoqda.

Hozirda futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 100 million yevroni tashkil etadi. Uning "Atletiko" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli forvard joriy mavsum "matraschilar" safida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:52 13.11.2025. O'qildi: 2046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!