Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xududlarda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Xududlarda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod, Qo‘shko‘pir tumani bo‘limlari va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.M.ning xonadoni va “U.S.” xususiy korxonasining savdo do‘konlarida qalbaki aksiz markali 51 turdagi 686 dona alkogol va 17 turdagi 188 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:37 23.05.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!