Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xovos tumanida hokim almashdi

Xovos tumanida hokim almashdi

Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Erkinjon Turdimov o‘z nutqida tumanda bir qator muhim yo‘nalishlarda jiddiy qoloqlik va sustkashlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qildi.

Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yo‘ldoshev Ulug‘bek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Yuldashev Qomus Mirovich nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Qomus Yuldashev 1983 yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Kiritildi: 17:00 09.12.2025. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!