Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xovos tumani hokimining o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Xovos tumani hokimining o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Joriy yilning may oyida DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumani hokimining o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish hamda faoliyatiga hech kim aralashmasligini ta’minlash evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.

Hovos tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi "a" bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 10:05 05.11.2024. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!