Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Xotin-qizlar 4 foizlik grantga tavsiyanoma olish uchun nima qilish kerak?

A A A
Xotin-qizlar 4 foizlik grantga tavsiyanoma olish uchun nima qilish kerak?

Ko‘pchilik savol bilan murojaat qilib, xotin-qizlarning alohida toifalari uchun ajratiladigan davlat granti bo‘yicha kvotalarga tavsiyanomalarni qanday olish mumkinligini so‘rashmoqda.

Buning javobi quyidagicha:

— Tavsiyanoma olmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman/shahar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak;

— Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

1) tuman/shahar hokimi o‘rinbosari nomiga ariza;
2) belgilangan talablardan biriga to‘g‘ri kelishini tasdiqlovchi hujjatlar (ilovasi bilan);
3) ma’lumotnoma, ob’ektivka;
4) umumta’lim maktabi yoki o‘rta maxsus kasb-hunar muassasasidan ma’lumotnoma;
5) pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

— Hujjatlar 10 iyulgacha qabul qilinadi;

— Tuman bo‘limlarida tashkil etilgan ishchi guruh talabgor qizlarning hujjatlarini viloyat boshqarmalariga 8 iyulga qadar taqdim etadi;

— Viloyat boshqarmalari tomonidan esa hujjatlar ko‘rib chiqilib, 10 iyulga qadar vazirlikka yuboradi;

— Xotin-qizlarga tavsiyanomalar 15 iyulga qadar beriladi;

— Tavsiyanomalar berilgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar 20 iyulga qadar DTM bazasiga kiritiladi.

Tavsiyanoma quyidagi toifalarga beriladi:

— kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
— ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
— 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
— shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
— ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
— nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
— oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Kiritildi: 15:33 27.06.2020. O'qildi: 3500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!