Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorvatiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turida Zoran Milanovich g‘alaba qozondi

A A A
Xorvatiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turida Zoran Milanovich g‘alaba qozondi

Deyarli barcha ovozlar sanab chiqilganidan keyingi natijalarga ko‘ra, Xorvatiyaning amaldagi prezidenti Zoran Milanovich uchun saylovchilarning qariyb 75 foizi ovoz bergan, uning raqibi hulmron “Xorvatiya Demokratik Hamjamiyati” partiyasidan nomzod Dragan Primoras esa taxminan 25 foiz ovoz olgan.

Xorvatiyada prezidentning vakolatlari unchalik katta emas, ammo rasmiy davlat rahbari qonunlarni bloklashi mumkin, shuningdek, Qurolli kuchlar oliy qo‘mondoni hisoblanadi. Milanovich Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish va NATO'ni kengaytirishga qat’iy qarshilik bildirib kelmoqda.

Kiritildi: 09:15 13.01.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!