Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorvatiya majburiy harbiy xizmatni qaytarishni reja qilmoqda

Xorvatiya majburiy harbiy xizmatni qaytarishni reja qilmoqda

Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ukraina qurolli kuchlaridagi harbiylar yetishmasligi tajribasidan kelib chiqib, ehtimoliy mojarolar uchun yetarli kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida majburiy harbiy xizmatni qaytarishni rejalashtirmoqda.

“Zaxiramiz tarkibidagi yosh darajasi katta. Ular o‘rtacha 50 yoshdagi insonlardir. Odamlarsiz, askarlarsiz, armiya bo‘lmaydi. Bunga eng yaxshi misol bugungi Ukraina. Armiyada zaxira bo‘lishi shart, aks holda armiyaga hech qanday ma’no yo‘q. Shuning uchun biz majburiy harbiy xizmatni qayta tiklash haqida gaplashishimiz kerak. Zaxira bo‘lmasa, Leopard tanklari va Rafale qiruvchi samolyotlarining ahamiyati ancha kam", – deydi prezident.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!