Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorijlik turistlar kuzda O‘zbekistonda dam olishga katta qiziqish bildirmoqda

Xorijlik turistlar kuzda O‘zbekistonda dam olishga katta qiziqish bildirmoqda

Rossiya ATOR turoperatorlari assosiasiyasi kuzda rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayohat qilishga qiziqishi ortgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Rossiyaliklar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Armanistonga sayohat qilishga ko‘proq qiziqishyapti, deyiladi manbada.

Coral Travel turoperatorining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ushbu mamlakatlarga turpaketlarga bo‘lgan talabning o‘sishi "pandemiyadan oldingi" 2019 yilga nisbatan qariyb 80 foizni tashkil etdi. Ayni paytda O‘zbekistonga kuzgi sayohatlarni bron qilishda eng katta faollik kuzatilmoqda.

“O‘zbekiston kuz, erta qish va bahorda sayohat qilish uchun eng qulay hudud. Bu mamlakatning madaniyati, uning go‘zalligi va milliy taomlaridan jazirama issiqsiz bahramand bo‘lishingiz mumkin”, — deya tushuntiradi kompaniya.

Kiritildi: 22:02 04.08.2022. O'qildi: 3123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!