Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda kompensasiya beriladi

Xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda kompensasiya beriladi


“Tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq yukini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5268-son, 27.10.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, banklardan xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda amaldagi kompensasiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlarning ekvivalenti 1 million AQSh dollaridan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan kreditlarning asosiy stavkadan oshadigan, lekin 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensasiya taqdim etiladi.

☑️ 2021 yil 1 noyabrdan O‘zbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.

Kiritildi: 16:59 27.10.2021. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!