Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xorijiy tajribada tez yordam feldsheri bir vaqtning o‘zida haydovchi hisoblanadi

Xorijiy tajribada tez yordam feldsheri bir vaqtning o‘zida  haydovchi hisoblanadi

Bugungi kunda tez tibbiy yordam brigadalarining 500 dan ortig‘ida vrach yetishmasligi, 6 mingdan ortiq shifokorlar o‘rindoshlik asosida ishlayotgani qayd etildi.

Vaholanki, xalqaro tajribada barcha chaqiruvlar uchun ham vrachlar bo‘lishi shart emas.

Shu munosabat bilan chaqiruvlarning murakkabligi, dolzarbligi va turiga ko‘ra saralash tizimi joriy etiladi. Yangi tashkil etiladigan Koll-markaz dispetcherlari shunga qarab, vrach yoki feldsherdan iborat tibbiy brigadalarni yo‘naltiradi.

Xorijiy tajribada tez yordam feldsheri bir vaqtning o‘zida haydovchi hisoblanadi.

Shu bois, yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi.

Shu bilan birga, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni bemorlar tomonidan xolis baholash orqali tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, har chorak yakunida faoliyati bemorlar tomonidan yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi.

Kiritildi: 18:27 05.05.2022. O'qildi: 3369 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!