Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalar ko‘paymoqda

Xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalar ko‘paymoqda

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Hindistonning “Ved” ko‘p tarmoqli shifoxonasi direktori Vanvxav Patelni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg‘onada “Ved” xorijiy shifoxonasi o‘zining bo‘limini ochish va tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Unga mos bino va maydonlar ko‘zdan kechirildi. Hech shubha yo‘qki, “Ved” mablag‘i ishtirokidagi yoki to‘liq uning mablag‘i asosidagi xorijiy muassasa tashkil topadi.

Farg‘ona viloyatida 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida chet el investisiyasi ishtirokidagi yangi ochilgan korxonalar soni 99 ta bo‘ldi. Hozir viloyatda 467 ta xorijiy investor sarmoyasi kiritilgan korxona bo‘lib, ularning 216 tasi qo‘shma korxona, 260 tasi esa to‘lig‘icha xorijiy korxonadir.

Yana bir qiziqarli raqam. Viloyatda Xitoy investisiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 137 taga yetdi. Bu viloyatdagi chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 28,8 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda: Rossiya –22,9%, Turkiya –12,2%, Qirg‘iziston –5,5%, Koreya– 5,3%.

Kiritildi: 11:12 28.10.2024. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!