AQSh Immigrasiya va bojxona polisiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar o‘zbekistonlik Nyu Yorkdan Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelingan.
Shuningdek, yana ikki kishi Istanbuldan chiqarib yuborilgan. Ular keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika hududiy ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.
Bu 4 kishi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.