Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmlik erkak xotini va qaynakasini videoga olib, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi (VIDEO)

Xorazmlik erkak xotini va qaynakasini videoga olib, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi (VIDEO)

Xorazm viloyati, Shovot tumani, Monok mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.Eshchanov 2019 yil 24 oktyabr kuni turmush o‘rtog‘i SH.Qurbonova va qaynakasi O.Qurbonovlarni xatti-harakatini videotasvirga olib, internet tarmoqlariga sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat yuzasidan Shovot tuman IIB profilaktika inspektori I.Jumanov tomonidan fukaro SH.Qurbonovaning murojaati 2020 yil 02 yanvar kuni belgilangan tartibda qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv olib borilib, to‘plangan hujjatlar S.Eshchanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-moddasi tartibida konuniy chora ko‘rishlik uchun Shovot tumani Ma’muriy sudiga yuborilgan.

2020 yil 21 yanvar kuni Shovot tumani Ma’muriy sudi raisi I.Ismoilov tomonidan fuqaro S.Eshchanovga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima jazosi qo‘llanilgan.   

Ushbu holat bo‘lganidan keyin S.Eshchanovdan turmush o‘rtog‘i SH.Kurbonova “Damas” avtomobilini berishini so‘rab borgan vaqtida o‘zaro janjallashib, S.Eshchanov bermasligini aytib, avtomobilida SH.Qurbonovani sudrab ketganlik holati yuzasidan Shovot tumani IIB YHXG katta inspektori X.Madaminov tomonidan to‘plangan hujjatlar Shovot tumani Ma’muriy sudiga yuborilib, S.Eshchanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133-moddasi tartibida, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 12:02 25.05.2020. O'qildi: 20299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!