Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mahkumlarni qiynoqqa solib, ko‘plab o‘lim hukmlarini chiqargan general Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi (foto)

Mahkumlarni qiynoqqa solib, ko‘plab o‘lim hukmlarini chiqargan general Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi (foto)

Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari general Muhammad Kanjo Hasanni qo‘lga tushirdi. Bu haqda Germaniyaning BILD nashri xabar bermoqda.

Mahkumlar qiynoqqa solinib, ommaviy qatl etilishi bilan tanilgan mash’um Said Nayo qamoqxonasida ko‘plab o‘lim hukmlari bevosita general Muhammad Kanjo Hasan tomonidan chiqarilgani aytilmoqda.

Muhammad Kanjo Hasanni qo‘lga tushirish amaliyoti davomida 17 kishi halok bo‘lgan, shundan 3 nafari sobiq tuzum va 14 nafari yangi hukumat odamlari bo‘lgan.

Prezident Bashar Asad davrida general Hasan Suriya mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi harbiy sud tizimi direktori lavozimida ishlagan. Ta’kidlanishicha, xizmat mavqeidan foydalanib, mahkumlarning oila a’zolaridan pul undirib, katta boylik to‘plagan.

https://zamin.uz/uploads/posts/2024-12/47e9c92d2f_920__95_3945349288.webp

Kiritildi: 16:19 27.12.2024. O'qildi: 1893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!