Qozog‘istonda halokatga uchragan Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyoti komandiri Grozniyga qo‘nishga urinishlardan so‘ng boshqa ayeroportlarga yo‘naltirilgan, ammo u Aktauga uchishni ma’qul ko‘rgan, deya ta’kidlamoqda Rosaviasiya rahbari Dmitriy Yadrov, uning so‘zlarini idora rasmiy vakili keltirmoqda.
Yadrovning aytishicha, AZAL samolyoti ob-havo sharoiti (500 metr balandlikda ko‘rinishni yomonlashtirgan tuman) va Ukrainaning "terroristik hujumlari" tufayli joriy etilgan "Gilam" rejasi sababli Grozniyga qo‘na olmagan. "O‘sha paytda Ukraina jangovar dronlari Grozniy va Vladikavkaz shaharlaridagi fuqarolik infratuzilmasiga terroristik hujumlar uyushtirgan edi. Shu munosabat bilan Grozniy ayeroporti hududida barcha havo kemalarining ko‘rsatilgan hududdan zudlik bilan chiqib ketishini talab qiluvchi "Gilam" rejimi joriy etilgan," - dedi Rosaviasiya rahbari.
Uning ta’kidlashicha, ayeroport hududida ham qalin tuman bo‘lgan. Uchuvchilar samolyotni Grozniyga ikki marta qo‘ndirishga uringanlar, biroq buning uddasidan chiqa olmaganlar.
"Birgalikda tergov qilinishi kerak bo‘lgan turli holatlar ko‘p. Biz hamkasblarimiz bilan hamkorlikda bu ishga to‘liq tayyormiz," - deya xulosa qildi Rosaviasiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Rosaviasiya" Aktaudagi aviahalokat sabablarini izohlar ekan, samolyot havoda qushlar bilan to‘qnashib ketgani, shundan so‘ng komandir Aktauga qo‘nishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.
Uning ta’kidlashicha, ayeroport hududida ham qalin tuman bo‘lgan. Uchuvchilar samolyotni Grozniyga ikki marta qo‘ndirishga uringanlar, biroq buning uddasidan chiqa olmaganlar.