Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 2023 yil yanvar oyi davomida 1944 yilda zarb qilingan 1 dona, 1960-1965 yillarda zarb etilgan 3 dona qadimiy medallar, 1961 yil zarb qilingan 12 dona, 1962 yilda zarb qilingan 2 dona, 1970 yilda zarb qilingan 7 dona, 1922 yilda zarb qilingan 1 dona hamda 1801 yilda zarb etilgan 1 dona qadimiy tangalarni olib chiqilishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil davomida 22 mln. 975 ming so‘mlik 224 dona (qadimiy tanga, medal, samovar, qumg‘on va choynak) hamda 13 mln. 650 ming so‘mlik 36 dona qadimiy kashtachilik mahsulotlari olib chiqilishining oldi olingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.