Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda Malayziya universiteti filiali ochiladi yanv

A A A
Xorazmda Malayziya universiteti filiali ochiladi yanv

Malayziya Texnologiya universitetining ( Universiti Teknologi Malaysia UTM) bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha filialida injiniring, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilmoqda.

Xorazm viloyati hokimligi va UTM rektori bilan uchrashuv davomida Professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va talabalar almashish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi, shuningdek, Xorazm viloyatidagi tegishli oliy ta’lim muassasasi negizida franchayzing modeli bo‘yicha Malayziya oliy ta’lim muassasasi dasturlarini joriy etish, kelgusida UTM filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Kelgusi muzokaralar davomida ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, yangi amaliy bilim va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lish maqsadida talabalarning Malayziyadagi tegishli yirik kompaniyalarda stajirovka o‘tashi masalalari muhokama qilindi. Bu istiqbolli, eksportga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun mintaqaga Malayziya investisiyalari oqimini ko‘paytirishga, shuningdek, mamlakatning ilg‘or tajribasi O‘zbekiston sanoat sektoriga joriy etilishiga zamin yaratadi.

Ma’lumot uchun: UTM 1904 yilda asos solingan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. QS World University Rankings statistikasiga ko‘ra, UTM QS Asian University Rankings versiyasi bo‘yicha 228-o‘rinni va Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari orasida 47-o‘rinni egallaydi. Har yili oliy ta’lim muassasasini 12 mingdan ortiq talaba bitiradi.

Manba: uz24. uz

Kiritildi: 22:16 29.01.2019. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!