Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 06.01.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan “O‘zsanoatqurilishbank” AJ foydasiga qarzdor “K.P.P.” MCHJdan solidar tartibda jami 15,3 mlrd so‘m kredit qarzdorligi summasini undirish va undiruv garov mulki hisoblangan qarzdorga tegishli bo‘lgan Xiva tumani Dashyoq mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 16 846,00 kv.metr, qurilish osti maydoni 7 363,84 kv.metrdan iborat bo‘lgan tovuqxona sexi noturar joy binosi (erdan foydalanish huquqi bilan), 3 ta DAMAS, LABO, tirkama va MAN rusumli avtotransport vositalari xatlandi.
Xatlangan ushbu noturar joy binosi 14.04.2021 yilda bank hamda tomonlar o‘rtasida notarial tartibda imzolangan ipoteka shartnomasiga asosan 3,1 mlrd so‘mga, 3 ta DAMAS rusumli avtotransport vositalari 38 mln so‘mdan, LABO rusumli avtotransport vositasi 39 mln so‘mga, tirkama 160,3 mln so‘mga, MAN rusumli avtotransport vositasi esa 298,4 mln so‘mga baholangan.