Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazm va Qashqadaryoning ko‘pgina hududlari "svet"siz qoldi

Xorazm va Qashqadaryoning ko‘pgina hududlari "svet"siz qoldi

Payshanba kuni, taxminan soat 15:00 dan Xorazm viloyatining ko‘plab hududlarida, shu jumladan Urganchning ma’muriy markazida elektr energiya ta’minotida uzilishlar kuzatildi. O‘quvchilarning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishiga ko‘ra, soat 23:00 da ham odamlar elektr energiyasiz bo‘lgan.

Xorazm hududiy elektr tarmoqlari AJ o‘zining Telegram-kanalida uzilishlar qiyin ob-havo sharoiti bilan bog‘liqligi haqida xabar qilgan. Viloyatda qor yog‘ib, kuchli shamol kuzatilgan.

Yuzaga kelgan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun barcha xodimlar jalb qilinib tezkor ishlar tashkillashtirilgan, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining bir qancha hududlarida ham elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Kiritildi: 09:43 22.01.2021. O'qildi: 3293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!