Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

XOQning yangi rahbari Rossiyaning Olimpiadaga qaytishi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini aytdi

XOQning yangi rahbari Rossiyaning Olimpiadaga qaytishi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini aytdi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOK) yangi rahbari Kirsti Koventri Sky News'ga bergan intervyusida mamlakatlarni urushlar sababli Olimpiada o‘yinlaridan chetlatishga qarshi ekanini bildirdi.

"Men tegishli ishchi guruh tuzishni istayman, shu orqali turli mojarolar yuzaga kelgan taqdirda qanday qarorlar qabul qilishni aniqlashimiz oson bo‘ladi", — deya fikr bildirdi Koventri.

Uning ta’kidlashicha, hozirda Afrikada ham turli mojarolar mavjud va bu juda ayanchli holat hisoblanadi.

Rossiyalik sportchilarning 2026 yil Italiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish ehtimoli haqidagi savolga XOQ rahbari hali aniq qaror yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ishchi guruhlar muhokamasiga qo‘yiladi.

Kiritildi: 16:38 22.03.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!