Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xonobod shahar sudi raisining vakolati to‘xtatildi

Xonobod shahar sudi raisining vakolati to‘xtatildi

Andijon viloyati, Xonobod shahar sudi raisining vakolati to‘xtatildi.

Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi YU. E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda Kengash xulosasi bilan YU. E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

"Faqat qayd etiladiki, ijtimoiy tarmoqlarlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar bo‘rttirilgan bo‘lib, barcha htlarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi", deyiladi kengash xabarida.

Kiritildi: 12:16 12.05.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!