Aktyor Kamol Bobonazarov va xonanda Shahnoza Otaboyevalar xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqda Kamol Bobonazarov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Chaqaloq Kamol Bobonazarovning ikkinchi, Shahnoza Otaboyevaning esa birinchi farzandi. Aktyorning avvalgi turmushidan 3 yoshli Imron ismli o‘g‘li bor.
Foto: Instagram / @ shahnoza_otaboyeva_
Kamol va Shahnozaning nikoh to‘yi 2017 yilning 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Daryo.uz