Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xonanda koronavirusdan jabrlangan muxlislariga 1000 dollardan xayriya qilmoqchi

A A A
Xonanda koronavirusdan jabrlangan muxlislariga 1000 dollardan xayriya qilmoqchi

Amerikalik xonanda Kardi Bi Instagram’dagi sahifasi orqali Fashion Nova moda brendi bilan hamkorlikda koronavirusdan aziyat chekayotgan muxlislariga yordam berishini ma’lum qildi.

Xonanda 20 mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi.

«Kardi Bidan ming dollar» aksiyasiga Fashion Nova brendi sayti orqali ariza berish mumkin.

Shuningdek, xayriya aksiyasida ishtirok etishning shartlari bor: ariza beruvchining Instagram akkaunti ochiq bo‘lishi kerak, chunki Kardi Bining shaxsan o‘zi arizalarni ko‘rib chiqadi.

«Men ushbu pullar sizga haqiqatdan ham kerakligini tekshiraman. Shuning uchun meni aldashga urinmang», — dedi xonanda muxlislariga murojaatida.

Bu Kardi Bining ikkinchi xayriya loyihasi. Avvalroq xonanda Coronavirus qo‘shig‘idan tushgan barcha mablag‘ni pandemiyadan aziyat chekayotganlarga berishini aytgan edi.

Kiritildi: 04:00 11.04.2020. O'qildi: 4531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!