Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Xomeniy juma kuni Tehron va boshqa shaharlardagi ba’zi namoyishchilar AQSh prezidenti Donald Trampni "xursand etish" uchun shunday qilayotganini aytdi.
Xomeniy bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
"Kecha kechqurun Tehron va boshqa ba’zi shaharlarda vayron qilishga moyil bo‘lgan bir guruh odamlar AQSh prezidentini xursand qilish va uni xushnud qilish uchun o‘z mamlakatiga tegishli binolarni vayron qilishdi", deb yozgan Xomeniy.
"AQSh prezidenti agar Eron hukumati buni va bularni qilsa, men tartibsizlikchilar tomonida bo‘laman, dedi. Tartibsizlikchilar umidlarini unga bog‘lamoqda", deb qo‘shimcha qildi u.