Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xoakin Bakli Konor Makgregorni jangga chorladi

Xoakin Bakli Konor Makgregorni jangga chorladi

Kecha Sent-Luisda (AQSh) UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini o‘tkazganidan xabaringiz bor, albatta.

Turnirning ikkinchi asosiy jangida (co main event) yarimo‘rta vazn toifasida UFC reytingida 11-o‘rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev bilan bahs olib bordi. Jangda Bakli ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alabadan keyin Bakli oktagonda ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni jangga chorladi. U o‘zining keyingi raqibi sifatida aynan Makgregorni ko‘rishni xohlashini aytib o‘tdi.

Kiritildi: 00:30 14.05.2024. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!