Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Xizr Buva” ziyoratgohida 35 yoshli ayol jinoyatga qo‘l urdi

“Xizr Buva” ziyoratgohida 35 yoshli ayol jinoyatga qo‘l urdi

Farg‘ona viloyati.  Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “Xizr Buva” ziyoratgohida kissavurlik sodir qilib yurgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 02 aprel kuni soat 11:30 larda noma’lum shaxs  Rishton tumani Bo‘ston MFY.,da joylashgan “Xizr Buva” ziyoratgohida bo‘la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar 54 yoshli Mavluda U., ning kiyimi cho‘ntagidan 600.000 so‘m va 41 yoshli Sohibaxon SH., ning sumkasidan 500.000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli Marg‘ubaxon E., sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 17:03 06.04.2021. O'qildi: 3664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!