Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyning nazorati yo‘qotilgan “Chanchjen-5B” fazoviy raketasi bo‘laklari Hind okeaniga tushdi

Xitoyning nazorati yo‘qotilgan “Chanchjen-5B” fazoviy raketasi bo‘laklari Hind okeaniga tushdi

Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi “Chanchjen-5B” bo‘laklari Hind okeanidagi Maldiv orollari yaqiniga tushdi.

Ta’kidlanishicha, raketaning aksariyat bo‘laklari atmosferada yonib ketgan.

29 aprelda Xitoy raketa yordamida o‘zining ilk koinot stansiyasi asosiy modulini orbitaga chiqargandi. 4 may kuni esa nazorati yo‘qotilgan 21 tonnalik raketa Yerga tushayotgani ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislar qurilma bo‘laklari qayerga tushishini oldindan aytish ilojsizligini ta’kidlashgan.

Avvalroq Pentagon vakili Mayk Xovard CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh raketa bo‘laklari ortidan kuzatayotganini ma’lum qilgan. U, shuningdek, raketa bo‘laklarining Yerdagi ob’ektlar ustiga qulashi ehtimolini istisno qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.  

6 may kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin Xitoy raketasi xavfsiz joyga qulashini va AQSh uni urib tushirishni rejalashtirmayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Kiritildi: 04:00 10.05.2021. O'qildi: 2947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!