Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan suv toshqini olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan suv toshqini olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasining Junszyan okrugida kuchli suv toshqinlari oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy suv toshqinlariga qarshi shtabi ma’lum qildi.

Seshanba kunidan beri Junszyan okrugi so‘nggi 50 yildagi eng kuchli toshqindan jabr ko‘rdi, bir qancha daryolarda suv sathi keskin ko‘tarildi. Maksimal oqim tezligi sekundiga 11360 kub metrga yetdi.

Ko‘plab pasttekisliklar suv ostida qoldi, bir qancha shaharcha va qishloqlarda infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazildi, buning natijasida transport harakati to‘xtatildi, aloqa uzilib qoldi.

Kiritildi: 13:40 26.06.2025. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!