Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoyga mikrochip sanoatida ishlash uchun 200 ming mutaxassis yetishmayapti

A A A
Xitoyga mikrochip sanoatida ishlash uchun 200 ming mutaxassis yetishmayapti

Xitoy axborot sanoatini rivojlantirish markazi va Xitoy yarimo‘tkazgichlar assosiasiyasining qo‘shma hisobotiga ko‘ra, bu yil Xitoyning yarimo‘tkazgich sanoatida 200 ming ishchi yetishmayotgan ekan. AQSh sanksiyalari tufayli G‘arbning ilg‘or mikrochiplari va ularni ishlab chiqarish uskunalari tez orada mamlakatga kirmasligini hisobga olsak, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun vaziyat keskin bo‘lib chiqishi mumkin. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, mamlakat rasmiylari malakali kadrlar tanqisligini zudlik bilan bartaraf etishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Muammoni hal qilish uchun rasmiylar universitet dasturlariga faol sarmoya kirita boshladilar. Ayni damda, Xitoyning eng yirik o‘nta oliy o‘quv yurti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yildan 2022 yilgacha mikrochiplar va ular uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha talabalarni qabul qilish deyarli ikki baravarga – 2,9 ming kishigacha oshgan. Shu bilan birga, mamlakatda yangi boshlovchi muhandislarning o‘rtacha maoshi so‘nggi besh yil ichida ikki baravar ko‘payib, yiliga 200 ming yuandan (28 700 dollar) 400 ming yuanga yetdi.

Shu bilan birga, Reuters bilan suhbatlashganlar ta’lim tizimida kadrlar taqchilligini bartaraf etish uchun yillar kerak bo‘lishini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, hozirda ushbu yo‘nalishdagi xitoylik talabalarning 60 foizdan ortig‘i o‘qish davrida korxonalarda amaliyot o‘tamaydi va shu sababli o‘qishni tugatgandan so‘ng darhol ishga tayyor bo‘lib qolmaydi.

Kiritildi: 19:26 31.03.2023. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!