Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyga kelin bo‘lgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolari qiyin ahvolda

Xitoyga kelin bo‘lgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolari qiyin ahvolda

Xitoyda yashayotgan va erkinligi turmush o‘rtog‘i tomonidan cheklangan O‘zbekiston fuqarosi Shodiyona Davlatova bilan bog‘liq vaziyat mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingan. Bu haqda tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qildi.

Ushbu hamyurtimiz o‘tgan yili aprel oyida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hamda doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Tez orada ichki oilaviy nizolar tufayli elchixona ko‘magida vatanga qaytgan. Lekin keyinroq o‘z xohishiga ko‘ra yana turmush o‘rtog‘ining yoniga jo‘nab ketgan. 31 mart kuni SH.Davlatova elchixonaga qayta murojaat qilgan va yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilgan hamda O‘zbekistonga qaytish istagini ma’lum qilgan.

Oilaviy kelishmovchiliklar va turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan va’dalarning bajarilmasligi tufayli shunday iltimos bilan O‘zbekiston fuqarosi M.T. ham elchixonaga murojaat qilgan. M.T. vositachi firma orqali xorijlik bilan tanishgan va o‘tgan yilning dekabr oyida nikohni rasmiylashtirib Xitoyga ketgan.

Shu munosabat bilan elchixona Xitoyning tegishli hukumat organlari bilan birgalikda mazkur hamyurtlarimizni Toshkentga qaytishiga yordam berish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xuddi shunday holatga tushgan o‘nlab fuqarolarimiz mavjud. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar tashkillashtirilgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:15 11.04.2019. O'qildi: 3136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!