Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoydan kelgan Istanbul Bridge konteyner kemasi ilk bor Arktika orqali Buyuk Britaniyaga yetib keldi.

A A A
Xitoydan kelgan Istanbul Bridge konteyner kemasi ilk bor Arktika orqali Buyuk Britaniyaga yetib keldi.

13 oktyabr kuni kema 20 kunlik yo‘ldan so‘ng Angliyaning sharqidagi Felikstou portiga yetib keldi. Bu — Xitoyni Yevropaga bog‘laydigan yangi “Arktika ekspress-marshruti” bo‘lib, u tovar yetkazib berish vaqtini keskin qisqartiradi.

Qiyos uchun:
— Temiryo‘l orqali Xitoy–Evropa yo‘li — 25 kun,
— Suvaysh kanali orqali — 40 kun,
— Afrika atrofidan — 50 kun.

Ninbo-Chjoushan portidan chiqqan Istanbul Bridge qariyb 4 ming konteyner olib kelgan va Britaniya, Germaniya, Polsha hamda Niderland portlariga yuk tushiradi.

Kiritildi: 21:45 15.10.2025. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!