Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoydan javob! To‘rt nafar AQSh amaldorlariga qarshi sanksiya kiritildi

Xitoydan javob! To‘rt nafar AQSh amaldorlariga qarshi sanksiya kiritildi

Xitoy Gonkong tufayli AQShning to‘rt nafar mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiya qo‘llaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin brifingda ma’lum qildi.

Kuni kecha AQSH Gonkong masalasi tufayli to‘rt nafar xitoylik amaldorga qarshi sanksiya kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

“AQShning xatti-harakatlari Gonkong ishlari va Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashish hamda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar me’yorining jiddiy buzilishidir. Biz buni qattiq qoralaymiz va bunga qarshimiz”, - dedi diplomat. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning xato xatti-harakatlariga javoban Xitoy tomoni to‘rt nafar shaxsga nisbatan sanksiya joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan”. Ularga Xitoy, Gonkong va Makaoga kirish taqiqlanadi.

Kiritildi: 18:25 30.11.2020. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!