Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoyda yuk mashinasi yengil avtomobilning ustiga qulashi natijasida yengil mashina yo‘lovchilari mo‘’jizaviy tarzda omon qolishdi

A A A
Xitoyda yuk mashinasi yengil avtomobilning ustiga qulashi natijasida yengil mashina yo‘lovchilari mo‘’jizaviy tarzda omon qolishdi

Xitoyda konteyner tashiydigan yuk mashinasining yengil avtobomilga qulashi oqibatida avtomobildagi yo‘lovchilar jabrlanmadi. Bu haqda Asia One nashri yozmoqda.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, zarba avtomobilni tom ma’noda yo‘lda tekislab yuborgan. Voqea jiddiyligiga qaramay, mashina ichidagi ikki yo‘lovchi "hatto tirnalgan ham yo‘q". Ular mashina konstruksiyasiga ilinib qolgan va o‘zlari tashqariga chiqa olmagan.

Ma’lum qilinishicha, konteyner ichida 30 tonnaga yaqin yog‘och taxtalar bo‘lgan. Shuning uchun yuk mashinasini ko‘tarish uchun ikkita kranni chaqirish kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng, ezilgan mashina yo‘lovchilari kasalxonaga yetkazilgan, shifokorlar ular jarohat olmaganini tasdiqlashgan.

Voqea bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruv hodisaga konteyner tashuvchi mashina haydovchisi sabab bo‘lganini ko‘rsatdi. U to‘xtash o‘rniga chorrahadan o‘tishga qaror qildi.

Kiritildi: 20:06 08.12.2023. O'qildi: 1565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!