Bugun 9 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda Xiaomi elektr avtohalokati kompaniya aksiyalarini tushirib yubordi

Xitoyda Xiaomi elektr avtohalokati kompaniya aksiyalarini tushirib yubordi

Xiaomi Corp. aksiyalari seshanba kuni Gonkong savdolarida haydovchilarga yordam berish tizimidan foydalanayotganda kompaniyaning elektromobili ishtirokida halokat yuz bergani haqidagi xabarlardan keyin 5,5 foizga arzonlashdi.

"Interfaks" xabar berishicha, Xiaomi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 29 mart kuni Anxoy provinsiyasidagi tezyurar yo‘lda SU7 rusumli elektromobil YTHga uchraganini tasdiqladi. Rasmiy bayonotda qurbonlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan, biroq Xitoy ommaviy axborot vositalari uch kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, polisiya voqea holatlarini o‘rganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchiga yordam berish tizimi halokatga 20 daqiqadan kamroq vaqt qolganda ishga tushgan va haydovchini rulni ushlab turish haqida bir necha bor ogohlantirgan. Haydovchi boshqaruvni o‘z qo‘liga olganidan bir necha soniya o‘tgach, to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, zarbadan keyin elektromobil yonib ketgan va korpusning katta qismi vayron bo‘lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, avtohalokat avtonom haydash texnologiyasi xavfsizligiga oid savollarni tug‘diradi.

2024 yilda Xiaomi SU7 Series yetkazib berish hajmi 136 854 donani tashkil etdi. Mart oyida kompaniya 2025 yil uchun prognozini 300 000 dan 350 000 tagacha ko‘tardi.

Kiritildi: 18:12 01.04.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!