Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xitoyda tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarga katta miqdorda pul mukofotlari taklif qilinmoqda

Xitoyda tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarga katta miqdorda pul mukofotlari taklif qilinmoqda

Xitoy shimolida joylashgan Xuxxoto shahri (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududi ma’muriy markazi) rasmiylari tug‘ilish darajasini oshirish va jamiyat qarishiga qarshi kurashish bo‘yicha so‘nggi urinish doirasida pul mukofotlarini va’da qilmoqda, deb yozadi «Sinxua» agentligi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, shahar ma’muriyati birinchi farzandi dunyoga kelgan juftliklarga 10 ming yuan miqdorida (qariyb 1,4 ming dollar) bir marta, ikkinchi farzand uchun esa bola besh yoshga to‘lgunga qadar har yili 10 ming yuandan, uchinchi yoki undan ortiq farzand uchun subsidiya bola 10 yoshga to‘lguniga qadar to‘lab boriladi.

Kiritildi: 18:24 19.03.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!