Xitoy shimolidagi qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” mahalliy hokimiyat idorasiga tayanib xabar berdi.
Ofat seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Xebey viloyati Chengde shahri Lunxua tumanida kuzatilgan.
– Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 9 aprel soat 3:00 holatiga ko‘ra, olov ta’sirida hayotdan ko‘z yumganlar 20 kishi, – deyilgan xabarda. – Omon qolgan keksalar yaqin atrofdagi shifoxonalarga joylashtirilgan.