Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoyda pirotexnika do‘konida portlash: 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda pirotexnika do‘konida portlash: 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda Yangi yil — Bahor bayrami nishonlanayotgan kunlarda yana bir fojia yuz berdi. 18 fevral kuni Xubey provinsiyasi Chjenji shaharchasida joylashgan pirotexnika do‘konida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

China Central Television (CCTV) ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 da yuz bergan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Yong‘in qariyb 50 kvadrat metr hududni qamrab olgan.

Ma’lum qilinishicha, Bahor bayrami boshlanganidan buyon mamlakatda sodir bo‘lgan portlashlar soni to‘rttaga yetgan.

Hozirda hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:46. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!