Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xitoyda 3 farzandlilikka ruxsat berildi

A A A
Xitoyda 3 farzandlilikka ruxsat berildi

Xitoyda 1979 yilda faqat 1 nafar farzand ko‘rishga, 2016 yilda esa 2 nafar farzandli bo‘lishgagina ruxsat bor edi. Yaqinda 3 farzand ko‘rishga ham ruxsat berildi.

Bu Xitoyda aholi soni o‘sishi keskin pasaygani bilan bog‘liq. O‘tgan yili Xitoyda 12 mln chaqaloq tug‘ilgan, 2016 yilda esa 18 mln tug‘ilish qayd etilgandi.

Xitoyda farzandga cheklov qo‘yilgan 40 yillikda ayollar majburiy abort qildirishga, birdan oshiq bola ko‘rganlar jarima to‘lashga, ishini yo‘qotishga majbur bo‘lgan. Masalan, rejissyor Chjan Yimou 2014 yilda 3 farzandli bo‘lgani uchun $1,2 mln jarima to‘lagan.

Endi odamlar hukumat ko‘p farzand ko‘rishni xohlagan, lekin bor-yo‘g‘i 1 farzandli bo‘lib, psixologik travma olganlarga tovon puli to‘lashni talab qilishmoqda.

Kiritildi: 20:36 02.06.2021. O'qildi: 3086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik