Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoyda 2020 yilda samolyot tezligiga tenglashadigan poyezdlar ishga tushadi

Xitoyda 2020 yilda samolyot tezligiga tenglashadigan  poyezdlar ishga tushadi

Xitoyda vakum trubinasi ichidagi magnit yostiqchaga ega bo‘lgan, soatiga 600-1000 kilometr tezlikda harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yo‘llar yotqizilmoqda, poyezdlar qatnovi 2020 yilga mo‘ljallangan. 

Magnit yostiqli poyezd yoki «Maglev» – bu elektromagnit maydonning kuchi bilan boshqariladigan harakat paytida temir yo‘l yuzasiga tegmaydigan poyezd, elektromagnit trubinasi bo‘ylab juda katta tezlikda harakatlanishi kutilmoqda. Natijada, uning tezligi samolyotning tezligi bilan tenglashadi.

Xitoy 2002 yilda Shanxay markazi va Pudong shahar aeroporti o‘rtasida 30 kilometrlik liniyani qurish orqali Germaniyadan magnitli yostiqli poyezdlarni yaratish texnologiyasini olgan edi, o‘sha poyezdlar hozirda soatiga 430 km tezlikda harakatlanmoqda.

Kiritildi: 08:40 09.10.2019. O'qildi: 2801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!