Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda 10 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi

Xitoyda 10 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi

Xitoyda 10 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi.

Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining Kasalliklarni nazorat qilish boshqarmasi vakili Van Bin ma’lum qildi.

"2020 yil 15 dekabrdan boshlab 10 milliondan ortiq odam xastalikka qarshi vaksina oldi", deya ta’kidlagan Van Bin.

Qayd etilishicha, xastalikka qarshi birinchi navbatda shifokorlar, bojxonachilar, yuk ko‘taruvchilar, transport ishchilari, shuningdek, chet elga o‘qish yoki ishlash uchun ketishi kerak bo‘lgan shaxslar emlangan.

Xitoyda 97.095 kishida xastalik aniqlangan, 90.857 kishi sog‘aygan, 4794 kishi esa vafot etgan.

Kiritildi: 20:00 13.01.2021. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!