Xitoy yuani Pekin va Vashington o‘rtasidagi o‘zaro bojlarni kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuv natijasida bir dollar uchun 7,20 darajadan oshib, yarim yillik eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi.
Bu haqda The Economic Times xabar bermoqda.
Nashrnining ta’kidlashicha, bu yuanning ichki bozorda 7,193 gacha 0,2012 foizga, tashqi bozorda esa 7,1878 gacha 0,15 foizga kuchayishiga olib keldi.
Aytilishicha, ushbu kelishuv jahon iqtisodiyotini beqarorlashtirgan savdo urushini yakunlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Xitoyning SFETS valyuta tizimida yuanning spot kursi 2024 yil noyabr oyidan buyon eng yuqori darajaga ko‘tarildi va Xitoy Markaziy banki o‘rtacha belgilangan kursni 7,1991 darajasida e’lon qildi - bu 7 apreldan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Jahon moliya bozorlari AQSh va Xitoyning savdo urushi davrida amalda bo‘lgan o‘zaro bojlarni sezilarli darajada kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuvi tufayli keskin yuksaldi.