Dushanba kuni Gonkongda yuan kursi 2008 yildan beri eng past darajaga tushdi. Hang Seng China Enterprises indeksi 7 foizdan ko‘proqqa tushdi, deya xabar berdi Euronews.
«Bu Hang Seng China Enterprises index yaratilganidan beri eng yomon ko‘rsatkich. Bunday holat Xitoy Kommunistik partiyasi qurultoyiga kelgan Xitoy Xalq Respublikasining sobiq raisi, prezidium a’zosi Xu Szintao zaldan chiqarib yuborilgan kunning ertasiga qayd etildi.
Sarmoyadorlar uchun Prezident Si Szinpinning tugamagan uchinchi muddati Pekinning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdan manfaatdor emasligidan dalolat beradi. Xitoy Kommunistik partiyasi boshqaruv organlariga Si Szinpinning sodiq tarafdorlarining saylanishi esa yuqoridagi rahbar atrofida hokimiyatning jamlanishi yakunlanganini bildiradi», - deyiladi veb-saytda.
Alibaba, JD va Meituan kabi yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari 11 foizdan ko‘proqqa arzonlashgani xabar qilingan. Xitoy rahbariyati endi davlat kompaniyalari hisobidan rivojlanishni o‘z zimmasiga oladi.