Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy va Hindiston Donbassdagi referendum bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashida ovoz berishda betaraf qolishdi

Xitoy va Hindiston Donbassdagi referendum bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashida ovoz berishda betaraf qolishdi

Xitoy va Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyaga yangi hududlarning qo‘shib olinishini qoralash masalasida ovoz berishda betaraf qolishdi.

“Xitoy rezolyusiya bo‘yicha ovoz berishda betaraf”, — deya Xitoy Xalq Respublikasining tashkilotdagi doimiy vakili Chjan Jun so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Hindistonning BMTdagi vakili vaziyatning keskinlashuvi hech bir tomon manfaatlariga mos emasligini, muzokaralarga qaytish yo‘lini topish kerakligini aytdi.

"O‘zgaruvchan vaziyatni hisobga olgan holda, Hindiston ovoz berishda betaraf qoldi", dedi u.

Avvalroq Moskva BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya tarkibiga qo‘shilgan to‘rtta mintaqada o‘tkazilgan referendum natijalarini tan olmagan rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ygani xabar qilingandi.

Kiritildi: 13:40 01.10.2022. O'qildi: 3690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!