Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy va Yevropa munosabatlarida burilish

Xitoy va Yevropa munosabatlarida burilish

Xitoy Yevroparlamentiing besh nafar deputatiga qarshi sanksiyalarni bekor qildi. Bu qaror Yevropa Ittifoqi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi parlament muloqotini qayta tiklash imkonini beradi.

Bu haqda Yevroparlament bayonotida ma’lum qilingan.

Evroparlament raisi Roberta Metsola fraksiya rahbarlarini Xitoyning deputatlar va ularning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori haqida xabardor qildi. Ushbu qadam xitoylik hamkasblar bilan Yevropa manfaatlarini muhokama qilish imkoniyatlarini ochsa-da, Yevroparlament XXR bilan munosabatlarda muammolar hali ham mavjudligini ta’kidladi.

Deputatlarga qarshi sanksiyalar Xitoy tomonidan 2021 yil mart oyida Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga javoban joriy etilgan bo‘lib, bu Yevropa Ittifoqi va XXR o‘rtasidagi parlament hamkorligining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 21:07 30.04.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!