Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy va AQSh diplomatlari Osiyo va Tinch okeani masalasini muhokama qildi

A A A
Xitoy va AQSh diplomatlari Osiyo va Tinch okeani masalasini muhokama qildi

Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sun Veydun Davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi masalasi bo‘yicha yordamchisi Deniyel Kritenbrink bilan Xitoy – Amerika hamda Osiyo – Tinch okeani mintaqasi munosabati bo‘yicha konstruktiv muzokara o‘tkazdi, deyiladi XXR tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.

– Tomonlar ikki mamlakat munosabati bo‘yicha ochiq, chuqur va konstruktiv fikr almashdi, – deyiladi xabarda. – Shuningdek, diplomatlar Osiyo – Tinch okeani mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat, ikki davlat olib borayotgan mintaqaviy siyosat, xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham muhokama qildi.

Xitoylik mulozim amerikalik diplomatga XXRning Tayvan masalasida tutgan pozisiyasini tushuntirgan va “Yagona Xitoy” tamoyili Tayvan bo‘g‘ozi hududida tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashning asosiy sharti ekanini ta’kidlagan.

Xitoy tomoni AQSh bilan Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlik ikki davlat umumiy manfaatiga mos kelishi, mintaqa mamlakatlarining ham xohishi ekanini e’tirof etgan.

Sun Veydun shu kuni Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland bilan ham muzokara olib borgani aytilmoqda.

Xabarda mazkur uchrashuv tafsiloti keltirilmagan.

Kiritildi: 16:32 29.09.2023. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!